PhosPhos
Home

Phos

Maxfiylik siyosati

Kuchga kirgan sana: 2026-yil 14-oktabr

This document is published in Uzbek, the language of the agreement. Ask us through Help if you need an English copy.

Qisqasi: biz faqat xizmat ishlashi uchun kerak bo'lgan ma'lumotni saqlaymiz. Ulangan kanallaringiz faqat siz tasdiqlagan videoni chiqarish va kanal holatini ko'rsatish uchun ishlatiladi. Ma'lumotlaringizni sotmaymiz va reklama uchun ishlatmaymiz. Akkauntni uzsangiz, uning kalitlari o'chiriladi.

1. Qanday ma'lumot to'playmiz

  • Hisob: ism, email va parol. Parol ochiq holda saqlanmaydi, faqat uning xeshi saqlanadi.
  • Siz yaratgan kontent: yuklagan videolaringiz, havolalar, promptlar, ssenariylar, sarlavhalar, subtitrlar va tanlagan sozlamalaringiz.
  • YouTube: kanal nomi, identifikatori va rasmi, kirish kalitlari (tokenlar), platforma orqali yuklangan videolar holati va kanalning ochiq statistikasi.
  • Instagram: akkaunt nomi, obunachilar soni va kirish kaliti (faqat akkaunt ulansa).
  • Telegram: botingiz tokeni, ulangan kanal va guruhlar nomi, bot guruhlardan yig'gan video, audio va hujjatlar.
  • Texnik ma'lumot: ishlar jurnali (vaqt, amal, xato matni) va kirish urinishlari. Brauzerda faqat interfeys sozlamalari va kirish kaliti saqlanadi; reklama yoki kuzatuv skriptlari yo'q.

2. Nima uchun ishlatamiz

  • Videolaringizni yasash, ko'rsatish va siz tasdiqlagan vaqtda tanlagan kanalingizga chiqarish uchun.
  • Ulangan kanallar va nashr holatini ko'rsatish uchun.
  • Xizmatni xavfsiz va ishlaydigan holda saqlash, xatolarni tuzatish uchun.
  • Siz bilan Xabarlar bo'limi orqali bog'lanish uchun.

YouTube, Instagram yoki Telegramdan olingan ma'lumot reklama, profil tuzish yoki boshqa maqsadlar uchun ishlatilmaydi.

3. Kim bilan bo'lishamiz

Ma'lumot faqat ishni bajarish uchun kerak bo'lgan xizmatlarga, faqat kerakli qismi yuboriladi:

  • Anthropic (Claude): ssenariy, montaj rejasi, sarlavha va tarjima uchun matn, subtitr va kadrlardan olingan tavsiflar.
  • ElevenLabs: ovozga aylantiriladigan matn.
  • Google (Gemini, Veo): rasm, video, ovoz va matn yaratish uchun so'rov matni va siz tanlagan rasmlar. Gemini'ning bepul tarifida Google yuborilgan ma'lumotni o'z xizmatlarini yaxshilash uchun ishlatishi mumkin - bunday so'rovlarga maxfiy ma'lumot yozmang.
  • Cloudflare (Workers AI): rasm yaratish uchun so'rov matni.
  • Pexels, Freesound, Wikipedia: qidiruv so'zlari va mavzu nomi.
  • OpenAI: faqat server sozlamasida yoqilgan bo'lsa, nutqni matnga aylantirish va sarlavhalar uchun.
  • Google (YouTube), Meta (Instagram), Telegram: siz chiqargan video va uning matni, siz ulagan akkaunt orqali.

Platforma YouTube API xizmatlaridan foydalanadi; Google ma'lumotni qanday ishlatishi Google maxfiylik siyosatida yozilgan. Ma'lumotlaringizni sotmaymiz.

4. YouTube kanalingiz

YouTube kanalingizni ulaganingizda YouTube foydalanish shartlariga rozilik bildirasiz. Phos kanalingizdan faqat quyidagilar uchun foydalanadi:

  • Video yuklash: siz tanlagan yoki avtomatik yuklashni yoqqan videolaringizni siz tanlagan kanalga yuklash.
  • Kanal ma'lumoti: qaysi kanal ulanganini ko'rsatish uchun kanal nomi, identifikatori va rasmi.
  • Yuklangan videolarni boshqarish: Phos yuklagan videoga muqova qo'yish va sarlavha yoki tavsifini tuzatish. Boshqa videolaringizga tegmaymiz.

Kanalni uzsangiz, kirish kalitlari Google'da bekor qilinadi va serverdan darhol o'chiriladi. Ruxsatni istalgan vaqtda Google akkaunt ruxsatlari sahifasida ham bekor qilishingiz mumkin.

5. Qayerda va qancha saqlanadi

  • Ma'lumotlar bazasi va tayyor videolar Germaniyadagi Hetzner serverida saqlanadi. Render uchun fayllar platformaning o'z render kompyuteriga vaqtincha ko'chiriladi.
  • YouTube, Instagram va Telegram kalitlari serverda shifrlangan holda saqlanadi va brauzerga hech qachon yuborilmaydi.
  • Kontent siz o'chirmaguningizcha saqlanadi. Disk joyini tejash uchun YouTubega chiqqan videoning server nusxasi va vaqtinchalik fayllar o'chirilishi mumkin.
  • Akkauntni uzsangiz, uning kalitlari darhol o'chiriladi.

6. Sizning huquqlaringiz

  • Istalgan video, loyiha, hujjat yoki ulangan akkauntni o'zingiz o'chira olasiz.
  • Ruxsatni Google yoki Meta akkaunt sozlamalarida ham bekor qilishingiz mumkin; Telegram botini BotFather orqali o'chirishingiz mumkin.
  • Phos ilovasini Facebook yoki Instagram sozlamalaridan olib tashlasangiz yoki Meta orqali ma'lumotni o'chirishni so'rasangiz, o'sha ulanish va uning kalitlari serverdan avtomatik o'chiriladi.
  • Hisobingiz va undagi hamma ma'lumotni butunlay o'chirishni Xabarlar bo'limi orqali so'rang; so'rov 30 kun ichida bajariladi.

7. Bolalar

Xizmat 18 yoshdan kichiklar uchun mo'ljallanmagan.

8. O'zgarishlar va bog'lanish

Siyosat o'zgarsa, bu sahifadagi sana yangilanadi. Savollar uchun hisobingizdagi Xabarlar bo'limidan yozing. Foydalanish qoidalari foydalanish shartlarida.